Screenshot 2024-10-28 at 12.26.25
28 октября 2024 г.

O‘zbekistonda Madaniyat haftaligi doirasida “Sharq Uyg‘onish fenomeni: davlatlar, dinlar, shaxslar va sivilizatsiyalar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

28 октября 2024 г.

O‘zbekistonda Madaniyat haftaligi doirasida “Sharq Uyg‘onish fenomeni: davlatlar, dinlar, shaxslar va sivilizatsiyalar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazida “Sharq Uyg‘onish davri fenomeni: davlatlar, dinlar, shaxslar va sivilizatsiyalar” mavzusidagi O‘zbekiston madaniy merosi haftaligining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir doirasida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi Muvofiqlashtiruvchi kengashi, Xalqaro ekspertlar kengashi va kengaytirilgan ilmiy kengashining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Toshkent shahrining tarixiy markazida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazida ilm-fan, islom ta’limoti, tarix, ma’naviyat va madaniyat yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan loyihalar taqdim etildi. Anjumanda dunyoning turli burchaklaridan yetakchi tarixchilar, arxeologlar, ekspertlar, muzey kuratorlari, restavratorlar, ruhoniylar, xattotlar, zamonaviy raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar, yozuvchilar va rassomlar ishtirok etdi. Tadbirni kirish so‘zi bilan so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Hayriddin Sultonov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan jadal yangilanish jarayonlari ta’lim va madaniyat sohalaridagi tub ijobiy o‘zgarishlar bilan hamohang ekanini ta’kidladi.

Hayriddin Sultonov o‘z nutqida “Yangi O‘zbekistonning yorqin va yuksak ma’naviyat ramzi bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilmoqda. Bunday madaniy meros haftaliklarining yuqori saviyada tashkil etilgani mamlakatimiz yana ilm-fan va madaniyat markaziga, Uchinchi Uyg‘onish davri maskaniga aylanganidan dalolatdir. Bugun qadimiy va betakror diyorimizda o‘z hayoti va ijodi bilan ilm-fan olamini munavvar qilgan buyuk mutafakkirlarning mash’alasi yana porlayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazida bu boradagi sa’y-harakatlar madaniy, ijtimoiy-gumanitar sohalarda amalga oshirilayotgan yirik loyihadir.

 

 Mazkur markaz davlatimiz tarixi, an’ana va qadriyatlari, mamlakatimizning zamonaviy va istiqbolli maqsadlarini o‘z ichiga olgan Taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalarini o‘zida aks ettirgani bilan ahamiyatlidir. O‘tmish va buyuk ajdodlar haqida maqtanish bilan qanoatlanish bizni olg‘a olib bormasligini hammamiz bilamiz. Biz ajdodlarimiz erishgan yuksak marralardan kelib chiqib, yangicha hayot, yangi jamiyat va yangicha tafakkur bilan yangi sivilizatsiya barpo etish, bugungi global dunyoda munosib o‘rin egallashga bel bog‘laganmiz. – Shu ma’noda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi erkin va mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy axborot va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan yoshlarni – yangi sivilizatsiya me’morlarini tarbiyalashga xizmat qilishi kerak, – degan jumlalarni aytdi. 

Bosh kotib Sulton Raev: “O‘zbekistonning madaniy merosi butun Turk dunyosi uchun juda qadrlidir”.

 

Anjumandagi nutqida TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev O‘zbekistonning qadimiy zaminlari qadimiy ilm-fan, madaniyat va san’atning betakror beshigi bo‘lishi bilan bir qatorda, bu ilmiy meros turkiy xalqlar, umuman, insoniyat uchun nihoyatda qadrli ekanini alohida ta’kidladi. Bosh kotib Sulton Raev: “Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklarning yorqin natijalari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va uzoqni ko‘zlab olib borayotgan insonparvar, ma’rifiy, tinchliksevar siyosatining aniq samarasidir. Bugun O‘zbekiston ma’naviy-intellektual merosni asrab-avaylash, jonlantirish va targ‘ib etish borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda. – Bu boradagi samarali va keng qamrovli sa’y-harakatlar o’rnak olinadigan darajada muhimdir” dedi. 

 

Anjuman doirasida O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, IRCICA direktori, professor Mahmud Erol Kilich, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, O‘zbekiston Madaniy merosini tadqiq qilish, muhofaza qilish va tarqatish assotsiatsiyasi prezidenti Firdevs Abduholiqov ham so‘zga chiqdi. İslom sivilizatsiyasi markazi prezidenti Firdevs Abduholiqov: “Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston İslom sivilizatsiyasi markazi yaqin kelajakda  ilm-fan, tarix, madaniyat, ta’lim va eng ilg'or texnologiyalar bir joyga jamlagan porloq, ko’rkamli  va keng qamrovli maskanga aylanadi. 

 

İslom sivilizatsiyasi markazi direktori, O‘zbekiston madaniy merosini tadqiq qilish, asrash va tarqatish bo‘yicha Butunjahon assotsiatsiyasi prezidenti Firdevs Abduholiqov anjumanda so‘zlagan nutqida markaz haqida ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Markaz faoliyati 7 yil avval boshlanganini ta’kidlagan Rais Abduholiqov: “Yetti yil avval Prezidentimiz BMT minbarida islom dinining asl gumanistik mohiyatini jahon jamoatchiligiga keng targ‘ib etish eng muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidlagan edi. 2017-yil 23-iyun kuni Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu sanadan keyin O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar boshlandi. 2018-yil iyun oyida markazning tamal toshini shaxsan Prezidentimiz qo‘yib, “Ushbu markazni qurishdan maqsad islom sivilizatsiyasini o‘rganish, buyuk ajdodlarimiz merosini xalqimiz va jahon jamoatchiligiga keng tanitishdir. Prezidentimiz shu kungacha markazga ko‘p marotaba tashrif buyurib, loyiha va qurilish jarayoni bilan shaxsan tanishib, ayniqsa, markaz faoliyatini takomillashtirish maqsadida o‘nga yaqin farmon, qaror va boshqa huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. O‘tgan yetti yil ichida ulkan ishlar amalga oshirildi. – Biroq mazkur yirik mega loyihani amalga oshirish uchun mahalliy va xalqaro olimlar, ekspertlar va maslahatchilarning tajribasi zarur.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston İslom sivilizatsiyasi markazining kelgusidagi faoliyati va tuzilmasi hamda markazda amalga oshiriladigan turli loyihalarning  mundarijasi ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Media galereyasi

EPTXMTgthwLlw3JkLkxqI9cKbQSAYSzG_front
8HRQkx2WeDcjbQ8UyYyXPSsNmbWcFUgv_front
7Ptt4rQw6yq8H1VnFnOY0d6TSp3ne7MB_front
image_MCGJCNg_1
JV1jvmNNU7QiZIaNj5lQirbrhVSatdeN_front

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan