3212c733-ad9d-3f10-c568-c2aaa8dbd0a6_lists_slider_
1 июня 2026 г.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼat sohasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi

1 июня 2026 г.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼat sohasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni madaniyat, san’at va adabiyot sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, tarmoqni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar tizimi joriy etilishini bildirdi.

 Prezident Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida madaniyat va san’atning jamiyat tafakkuridagi o‘rniga to‘xtalib, sohadagi muammolarni hal etish hamda kreativ iqtisodiyotga yangi nafas olib kirishni maqsad qilganliklarini ta’kidladi.

Sanat uyushmalari tashkil etiladi, yosh iste’dodlar qo‘llab-quvvatlanadi

E’lon qilingan yangi harakatlar rejasi doirasida teatr, kino, musiqa va tasviriy san’at kabi 21 ta turli yo‘nalish bo‘yicha sanat uyushmalari tuziladi. Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Milliy ijodkorlar qurultoyi” orqali muvaffaqiyat qozongan ijodkorlar taqdirlab boriladi, shuningdek, yosh iste’dodlarni kashf etish maqsadida “İjodga investitsiya” jamg’armasi tashkil etiladi. Mazkur jamg‘arma ko‘magida har yili 100 nafar yosh davlat granti asosida xorijda tahsil oladi. Bundan tashqari, ijodkorlarning intellektual mulk huquqlarini to‘liq kafolatlaydigan yangi mualliflik huquqi tizimi hayotga tatbiq etiladi.

Adabiyot va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash harakati

Adabiyot ahliga ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rliklar doirasida shoir va yozuvchilarga yiliga kamida 50 ta sara asar yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi beriladi hamda eng yaxshi 10 ta asar xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda keng targ‘ib etiladi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturi asosida esa har yili muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan 1 ming nafar madaniyat va san’at xodimi bepul davolanish imkoniga ega bo‘ladi, 2 ming nafar ijodkor davlat tomonidan sog‘liqni saqlash sug‘urtasi bilan ta’minlanadi hamda 10 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan soha xodimlariga sanatoriylarda bepul dam olish imkoniyati taqdim etiladi.

Boshqa tomondan, 1-sentabrdan boshlab ashula va raqs jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ish haqi ikki barobarga oshiriladi, raqqoslarning pensiyaga chiqish muddati esa 20 yildan 15 yilga qisqartiriladi. Bastakorlarga esa har yili klassik va zamonaviy yo‘nalishlarda kamida 20 ta yangi asar yaratishlari uchun davlat buyurtmalari ajratiladi.

Fuqarolarga bepul chiptalar va tadbirlar uchun soliq imtiyozlari

Aholining madaniy tadbirlardan bahramand bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida har yili yuz minglab talaba va o‘quvchilar, davlat xizmatchilari hamda ehtiyojmand oilalarga teatr, kino va konsertlar uchun bepul chiptalar tarqatiladi. Mahalliy konsert va tomosha xarajatlarining 20 foizigacha bo‘lgan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi. Xususiy teatrlar, kinoteatrlar, madaniyat va san’at ta’lim muassasalari hamda ushbu sohaga ajratilgan homiylik yordamlari ko‘plab soliqlardan ozod etiladi. Bundan tashqari, xususiy teatrlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili 50 ta sahna asarini sahnalashtirish xarajatlari davlat tomonidan zimmaga olinadi.

Kino va ta’lim sohasini markaziy kinokonsernga aylantirish

“O‘zbekfilm” studiyasi milliy kinoplato (suratga olish maydonchasi)ga aylantiriladi, davlat ko‘magida ishlangan filmlarning prokat tushumlaridan olingan daromadning yarmi rag‘batlantirish maqsadida prodyuser va ijodiy jamoa ixtiyorida qoldiriladi. “Oltin humo” milliy kino taqdimotining nufuzini yangi bosqichga koʻtarish uchun har yili 5 milliard soʻm ajratiladi. 

Ta’lim sohasida ham maktablardagi tegishli darslar “San’at” o‘quv dasturi asosida yangilanadi hamda musiqa maktablaridagi o‘qituvchilarning ish haqi umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagoglarining maoshlariga tenglashtiriladi. Oliy ta’lim muassasalarida “dual ta’lim” modeliga o‘tilib, talabalarga usta san’atkorlar mentorlik (ustozlik) qiladi.

Soha xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida “Malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti” tashkil etilishi bildirilgan yig‘ilish, Prezident Shavkat Mirziyoyevning hozirgi jahonshumul konyunkturada milliy birlik va hamjihatlikning ahamiyatini alohida ta’kidlab, soha vakillarining fikr hamda takliflarini tinglashi bilan yakunlandi.

Media galereyasi

596dae4e-0fd9-80d5-9d45-62628e3cd6d7_lists_slider_
1b10965d-2bb5-ef39-254e-caa3a302b5a3_lists_slider_
0ab0cd6a-3676-5db6-a5e6-df58c95fdd91_lists_slider_
e72b141a-f74d-23c7-f6a4-55e3eaed2ac6_lists_slider_
fe963b4d-05fe-7123-5ef6-0574ead52db8_lists_slider_
a34027a4-5bc7-70fb-9859-e7095b3eb691_lists_slider_9268
a83efc7a-19e8-ed97-4c3d-d6ac052fbb73_lists_slider_
5016da3f-759b-c92e-60a0-e2b5b84f58d9_lists_slider_-2

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan