fda76163-4469-72e1-9979-7304e2b1f1b3_lists_slider_
11 августа 2026 г.

Namangan teatrining 95-mavsumi “Laylaklar nolasi” spektakli bilan boshlandi

11 августа 2026 г.

Namangan teatrining 95-mavsumi “Laylaklar nolasi” spektakli bilan boshlandi

O‘zbekistonning Namangan viloyati musiqali drama teatrida 95-teatr mavsumining ochilishi munosabati bilan rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazakov, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi Sulton Rayev, teatr direktori Nozimjon Toshpo‘latov, madaniyat va san’at sohasi vakillari ishtirok etdilar.

Tantanali marosim avvalida teatrning qariyb bir asrlik ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Unda teatrning tashkil topish tarixi, yillar davomida bosib o‘tgan ijodiy yo‘li, milliy teatr san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi, turli davrlarda sahnalashtirilgan sara asarlar hamda ijodkorlarning yutuqlari haqida ma’lumotlar aks ettirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazaqov teatr jamoasini yangi mavsum bilan muborakbod etdi. Teatr san’atining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rniga to‘xtalgan hokim Namangan musiqali drama teatri ko‘p yillardan buyon milliy san’at hamda madaniyatni targ‘ib qilib, tomoshabinlarga yuksak badiiy saviyaga ega asarlarni taqdim etib kelayotganini ta’kidladi. Viloyat hokimi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash, teatrlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xalqqa sifatli madaniy xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Teatr direktori Nozimjon Toshpo‘latov esa yangi mavsum tayyorgarligi va teatrning istiqboldagi rejalari haqida to‘xtaldi. Toshpo‘latov teatr jamoasi yangi mavsumda ham tomoshabinlarga munosib va mazmunli spektakllarni taqdim etish maqsadida izlanayotganini bildirib, 95-mavsum pardasini turkiy dunyoning mushtarak qadriyatlarini aks ettiruvchi teran asar — TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev qalamiga mansub "Oq laylak" spektakli bilan ochayotganlaridan yuksak sharaf va mamnuniyat tuyayotganliklarini izhor etdi.

Tadbirda faxriy mehmon sifatida qatnashgan TURKSOY Bosh kotibi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev o‘z so‘zida turkiy xalqlar o‘rtasidagi tarixiy, ma’naviy va madaniy rishtalarning ahamiyati, bugungi kunda ushbu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirdi. Xususan, teatr san’ati xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, ijodiy tajriba almashish hamda umumiy madaniy qadriyatlarni keng targ‘ib etishda muhim vosita ekanini qayd etdi.

"Oq laylak" spektakli tomoshabinlarga havola etildi

Qardosh xalqlar san’atkorlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida Sulton Rayev qalamiga mansub "Oq laylak" spektakli 95-mavsumning ochilish asari sifatida sahnaga qo‘yildi.

Inson taqdiri, umuminsoniy qadriyatlar, ezgulik, tinchlik va do‘stlik g‘oyalari ilgari surilgan ushbu spektakl aktyorlarning mahoratli ijrosi va sahna talqini bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. 

Media galereyasi

WhatsApp Image 2026-08-11 at 20.15.22
WhatsApp Image 2026-08-11 at 20.15.23
WhatsApp Image 2026-08-11 at 20.15.22 (2)
WhatsApp Image 2026-08-11 at 20.15.22 (1)
WhatsApp Image 2026-08-11 at 20.15.21
WhatsApp Image 2026-08-11 at 20.11.52
fda76163-4469-72e1-9979-7304e2b1f1b3_lists_slider_
16485867-2e67-377a-d121-f65eaeeb78d3_lists_slider_
6644026d-4dee-c674-fcfc-5c4571b5fe75_lists_slider_
3fac3874-5fda-da08-2efd-53a6c294bffd_lists_slider_

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan