― 4 августа 2026 г.
Karamanda VIII Xalqaro turkiy dunyo festivali yakunlandi
Karaman shahar hokimligi hamda Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti (TURKSOY) hamkorligida 30-iyul–2-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan VIII Xalqaro turkiy dunyo festivali o‘z nihoyasiga yetdi.
Turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlash, umumiy madaniy merosni va qadriyatlarni xalqaro maydonda targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan ushbu festival to‘rt kun davomida Turkiy dunyo madaniyat bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qabarda-Balkar(Kabardey-Balkariya) Respublikasidan kelgan san’atkorlar, sozandalar hamda xalq raqs ansambllari ishtirok etdi.
Festivalning konsert dasturida Malika Aldamjarova, Shohistaxon Xolmatova, Muzaffarjon Mirzayev, Sayqal Asanaliyeva va Oksana Lobova sahnaga chiqqan bo‘lsa, TURKSOY Xalq cholg‘ulari ansambli hamda “Oq niyat”, “Andijon” va “Xabza” xalq raqs jamoalari tomoshabinlarga o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.
Tadbirning so‘nggi kunida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan raqs jamoalari o‘zlarining chiqishlarini namoyish etishdi. Shuningdek, taniqli xonandalar Ozan Manas va Serkan Kayalar ijrosida konsert dasturi taqdim etildi. Tantanali marosimda Karaman shahar hokimi Savash Qalayji, TURKSOY Strategik rivojlantirish departamenti boshlig‘i Melik O‘zso‘z hamda keng jamoatchilik va mahalliy aholi vakillari ishtirok etishdi.