― 1 августа 2026 г.
Karaman shahrida VIII Xalqaro turkiy dunyo festivali boshlandi
Karaman shahar hokimligi va TURKSOY hamkorligida bu yil sakkizinchisi o‘tkazilayotgan Xalqaro turkiy dunyo festivali tantanali ravishda boshlandi. Bayram tadbirlari keng jamoatchilik ishtirok etgan ulug‘vor yurish (kortej) hamda Turkiy dunyodan tashrif buyurgan san’atkorlarning tanishtiruv konserti bilan start oldi.
Respublika bog‘ida (Cumhuriyet Parkı) bo‘lib o‘tgan marosimda Karaman shahar hokimi Savash Qalayji va TURKSOY Strategik rivojlantirish departamenti boshlig‘i Melik O‘zso‘z Otaturk haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.
Marosimdan so‘ng Karaman temir yo‘l vokzali oldida to‘plangan shahar aholisi va mehmonlar “Turkiy til sevgisi, vatan sevgisi" shiori ostida tashkil etilgan ulug‘vor va jo‘shqin yurishda bir joyga to‘plandilar. Shahar ko‘chalariga bayram kayfiyatini ulashgan ushbu tantanali yurishda Turkiy dunyoning turli go‘shalaridan kelgan raqs jamoalari o‘z milliy liboslarida ishtirok etishdi. Yurish yo‘nalishi bo‘ylab namoyish etilgan rang-barang raqs tomoshalari va yangragan milliy kuylar barcha qatnashchilarga haqiqiy madaniy zavq bag‘ishladi.
Karamandagi ushbu festival 2-avgustga qadar turli madaniy tadbirlar, raqs tomoshalari va konsert dasturlari bilan davom etadi.