― 5 декабря 2024 г.
" Ismi Doston bo'lgan shoir, Maxtumquli” kitobi TURKSOY ko'rgazmasida namoyish etildi
Turkmanistonning Anqaradagi elchixonasi, Xalqaro Turk Madaniyat Tashkiloti TURKSOY, "Ekoavrasiya" Jamg'armasi va Turk Dunyo Fuqarolik Jamiyati Hamkorlik Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan, dotsent Soner Sog’lom va professor Rahimammet Kurenov tomonidan turkman shoiri Maxtumquli Firog’iy tavalludining 300 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan "Ismi Doston bo'lgan shoir, Maxtumquli” kitobining taqdimoti munosabati bilan bog’liq uchrashuvi TURKSOY bosh kotibiyati zalida bo'lib o'tdi.
Kitob taqdimoti tadbirining ochilishini TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayevning samimiy qutlovlarini yetkazishidan boshlandi. TURKSOY Bosh kotib o'rinbosari Sayid Yusuf o'z nutqida, 2024 yil davomida TURKSOYning Maxtumquli Firog’iy va Turk Dunyosining Madaniy Poytaxti Anevga bag'ishlangan ko'plab tadbirlarni tashkil qilganini va bu borada Maxtumqulini bir “daryoga” qiyosladi. Maxtumqulining ijodi ustidan qancha ish olib borilishidan qat'i nazar, bu “daryoni” yetarli darajada tasvirlab bo'lmaydi deb aytib o’tdi.
Maxtumquli butun dunyoga tanitishimiz kerak
Yusuf o'z nutqini davom etishi bilan birgalikda, Maxtumqulining butun insoniyatni qamrab olgan g'oyalari butun dunyo tomonidan tan olinishi kerakligini va Maxtumquli g'oyalari kelajak avlodlarning turmush tarziga aylanishi uchun TURKSOY vositachij 4 ekanligidan xursand bo’lganligini ta’kidlab, shunday deb o’tdilar: "TURKSOY bu madsad uchun yaratilgan, biz birgalikda ishlayapmiz, Turk Dunyosining madaniyati va sivilizatsiyasining yuragi TURKSOYdadir".
Sayid Yusuf o'z nutqi yakunida kitob mualliflari Soner Sog’lom, Rahimmammet Kurenov va "Ekoavrasiya" jamg'armasi direktorlar kengashi raisi Hikmet Erenga minnatdorchilik bildirdi.
Kitob taqdimotiga bag'ishlangan yig'ilishda so'z olgan "Ekoavraziya" jamg'armasi direktorlar kengashi raisi Hikmet Eren o'z nutqida, Turkmaniston bilan madaniy aloqalarimizni mustahkamlaganimiz, umumiy tarix, til va madaniyat bilan bog'langanimiz uchun TURKSOYga samimiy tabriklar bilan boshladi va Bosh kotib Sulton Rayev, bosh kotib o'rinbosari Sayid Yusufga alohida minnatdorchilik bildirdi.
Aytmatov: XVIII asr Turkistonda Maxtumquli asri bo'lgan
Aytmatovning XVIII asr Turkistondagi Maxtumquli davri bo'lganligi haqidagi so'zlarini esga olgan Eren dastur ishtirokchilari va tarafdorlariga alohida minnatdorchilik bildirdi.
Til va g'oyaning birligi
Turkiya Buyuk Milliy Assambleyasining Turkmaniston Do'stlik Guruhi bosh raisi Haluk Ipek o'z nutqida, dunyodagi mustaqil turk davlatlarining o’rni birgalikda bo’lganligida bilinishiga urg’u berdi va Maxtumqulidan qolgan g'oyalarni turk dunyosining yoshlariga meros qilib olishda va xulq-atvor tarziga aylantirishda katta mas'uliyat borligini ta'kidladi.
Uchrashuv-taqdimot yakunida, alohida kitob mavzusida fikir bildirgan akademiklar va nodavlat tashkilot vakillariga, Turkmaniston elchixonasi, "Ekoavsrasiya" jamg'armasi va TURKSOY tomonidan tayyorlangan sovg'alar va faxriy yorliqlar berildi.