WhatsApp Image 2024-12-13 at 13.06.52
13 декабря 2024 г.

Anqarada Iroq turkmanlarining mashhur shoiri Mikdat Kadiog'luning "Bir hayot hikoyasi" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.

13 декабря 2024 г.

Anqarada Iroq turkmanlarining mashhur shoiri Mikdat Kadiog'luning "Bir hayot hikoyasi" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Iroq turkmanlarining muhim namoyandalaridan biri Telaferlik shoir Mikdat Havdio‘g‘lining “Bir Ömür Hikayesi” she’riy kitobining taqdimoqti tantanali ravishda 2024-yil 11-dekabr kuni Turkiya Yozuvchilar uyushmasining Anqaradagi qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

 

Bu yil tavalludining 60 yilligini nishonlayotgan shoirga maxsus sovg‘a qilingan kitob Ozarbayjonda nashr qilinib, o‘quvchilarga taqdim etildi.

 

Tadbirda shoir va yozuvchilarda  katta qiziqish uyg‘otdi va ochilish so‘zlari bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotib o‘rinbosari Sayit Yusuf, Anqara Ijtimoiy fanlar universiteti rektori, Turkiya Yozuvchilar uyushmasi raisi prof. Dr. Musa Kazim Arijan va Iroq Turkman fronti Turkiya vakili Kutluhan Yaychili nutq so'zladi.

 

Sayit Yusuf ochilish nutqida, "Turk dunyosi bir kitob bilan birlashtirildi. Bu ibratli hamkorlik Iroqlik bir turkman muallifining kitobining Ozarbayjonda nashr etilishi va Turkiyada tanishtirilishi bilan eng yaxshi tahsinga sazovor bo’ldi" dedi. Turk dunyosida bu kabi asarlarning  tobora ortib borishini alohida  tilga oldi.

 

Bosh kotib o'rinbosari Sayit Yusuf, Turk dunyosi adabiyotiga qo'shgan hissasi uchun Mikdat Havdiog'luga TURKSOYning Imadettin Nesimi medalini topshirdi.

 

Ochilish so‘zlaridan so‘ng tadbir kitoblarni baholash sessiyasi bilan davom etdi. Ushbu sessiyada "Bir hayot hikoyasi" kitobining muharriri, Dr. Cavid Mövsümlü va Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi Janubiy Ozarbayjon bo'limi direktori, shoir va yozuvchi Sayman Aruz asar haqida o’z fikrlarni  aytishdi.

 

Tadbir so‘ngida shoir Mikdat Havdio‘g‘li yig‘ilganlarga minnatdorchilik bildirib, o‘zining she’rlarini o‘qib berdi.

 

Dastur turli muassasa va tashkilotlar tomonidan atoqli shoirga esdalik yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirilishi bilan yakunlandi.

 

Bu mazmunli tadbir Turk dunyosining madaniy merosi va birdamligini yana bir bor namoyon etdi, ayni paytda Mikdat Havdiog‘lu adabiy merosini kengroq ommaga yetkazish imkonini berdi.

Media galereyasi

WhatsApp Image 2024-12-13 at 13.07.05
WhatsApp Image 2024-12-13 at 13.07.04
WhatsApp Image 2024-12-13 at 13.07.08
WhatsApp Image 2024-12-13 at 13.07.09
WhatsApp Image 2024-12-13 at 13.07.02
WhatsApp Image 2024-12-13 at 13.07.00
WhatsApp Image 2024-12-13 at 13.07.01
WhatsApp Image 2024-12-13 at 13.07.00 (1)
WhatsApp Image 2024-12-13 at 13.06.53

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan