WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.10.58
13 августа 2026 г.

20-TURKSOY fotograflar uchrashuvi Vengriyada boshlandi

13 августа 2026 г.

20-TURKSOY fotograflar uchrashuvi Vengriyada boshlandi

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) hamda Lakitelek jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan “20-TURKSOY fotograflar uchrashuvi" turkiy dunyoning turli go‘shalaridan kelgan fotograflar ishtirokida Vengriyada o‘z ishini boshladi.

TURKSOY tomonidan tashkil qilinib kelinayotgan va an’anaga aylanishga ulgurgan ushbu loyiha bu yil 20-marotaba o‘tkazilmoqda. Tadbir 2026-yilning 12–22-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Anjuman doirasida turkiy dunyoning turli hududlaridan kelgan 12 nafar fotograf Vengriyaning tarixiy va madaniy merosi, betakror tabiati hamda an’anaviy hayot tarzini o‘z obyektivlariga muhrlaydilar.

Turkiy dunyoning mohir fotograflari jam bo‘ldi

Ushbu yubiley uchrashuvida turkiy dunyodan quyidagi fotograflar ishtirok etmoqda:

Ozarbayjon: Rauf Umudov

Qozog‘iston: Asilxan Abdrayim, Dauren Muhammedjanov, Almas Alimjanov, Yernur Manaphan

Qirg‘iziston: Alimjan Jorobayev

O‘zbekiston: Rustam Sharipov

Turkiya: Muhammed Kadri Bayram, İlkin Eskipehlivan

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi: Giray Karahasan, Mehmet Go‘kyigit

Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi: Yelena Boldireva

Dasturning dastlabki kunida jam bo‘lgan fotograflar uchun tanishuv va fikr almashish yig‘ilishi o‘tkazildi. Ishtirokchilarga 11 kun davom etadigan tasvirga olish jarayonlari, madaniy ziyoratlar hamda tadbirlar ish rejasi haqida batafsil taqdimot qilindi.

Ochilish marosimida qatnashgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Vengriyadagi vakolatxona idorasi loyiha direktori Ali Kılıcharslan Topuz fotograflar bilan uchrashib, tashkiliy ishlar haqida ma’lumot oldi va ularga muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuvning eng muhim bosqichlaridan birini Vengriyada o‘tkazilishi kutilayotgan Buyuk hun-turk qurultoyi tashkil etadi. Fotograflar turkiy va hun ildiziga ega xalqlarni birlashtiradigan ushbu qurultoy doirasidagi otliq o‘yinlar, milliy liboslar, marosimlar va madaniy chiqishlarni suratlarga oladilar. Qurultoyning shukuhli ruhini turkiy dunyo fotograflari o‘z nigohlari bilan kadrlarga joylaydilar.

20 yillik madaniyat xazinasi yubiley ko‘rgazmasi bilan yakunlanadi

20-uchrashuvi bilan chorak asrlik tarixga yaqinlashgan TURKSOY fotograflar uchrashuvi yillar davomida turkiy dunyoning mushtarak madaniy merosining fotosan’at orqali tarixga muhrlab, ushbu kadrlarni kelajak avlodlarga yetib borishida munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Turli diyorlardan yuzlab san’atkorlarni bir joyga jamlagan ushbu loyiha, shuningdek, boqiy do‘stlik va kasbiy hamkorlikning shakllanishiga zamin yaratdi.

Dastur davomida Vengriyaning turli shaharlaridagi tasvirga olish jarayonlarida saralab olingan eng sara ijodiy ishlar tadbir yakunida tashkil etiladigan "20-TURKSOY fotograflar uchrashuvi yubiley ko‘rgazmasi"da san’atsevarlar e’tiboriga havola etiladi.

TURKSOY va Lakitelek jamg‘armasi hamkorligidagi ushbu yubiley dasturi 2026-yilning 22-avgustiga qadar davom etadi.

Media galereyasi

WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.10.59 (1)
WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.10.58 (1)
WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.11.01
WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.11.01 (1)
WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.11.00
WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.11.00 (1)
WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.10.59
WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.10.59 (2)
WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.10.58 (2)
WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.10.58
WhatsApp Image 2026-08-13 at 09.10.57 (1)

© 2022 TÜRKSOY - Barcha huquqlar himoyalangan